
Belerin o‘zining "Manchester Yunayted"ga o‘tishi borasidagi xabarlarga munosabat bildirdi
Londonning "Arsenal" klubi himoyachisi Ektor Belerin o‘zining "Manchester Yunayted"ga ko‘chib o‘tishi mumkinligi haqida tarqalgan xabarlarga nisbatan munosabat bildirdi.
“Odamlar har doim menga bu savolni berishadi – bu ahmoqlik. Bir necha yil oldin men “Arsenal” bilan ko‘p yillik shartnoma imzolaganman. Bundan tashqari men hech qachon boshqa jamoada o‘ynash istagim borligi haqida aytmaganman”, - deydi ispaniyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, asli "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblangan Belerin "Arsenal" safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.
Fikrlar