Belgiya jahon chempionatlari rekordi ostonasida turibdi

  • 07.07.2018 10:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kecha chorak finalda Braziliyani (2:1) engib yarim finalga yo‘l olgan Belgiya terma jamoasi jahon chempionatlari rekordiga tobora yaqinlashmoqda.

Opta nashri tarqatgan xabarga ko‘ra  JCh-2018da hozircha belgiyaliklarning 9 nafar a’zosi o‘z nomiga gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan. Bu esa ushbu ko‘rsatgich borasida jahon chempionatlari tarixidagi 2-natija hisoblanadi.

Ta’kidlash kerakki, yuqoridagi ko‘rsatgich borasida jahon chempionatlari rekordi hozircha Italiya (JCh-2006, 10ta) va Frantsiya (JCh-1982, 10ta) terma jamoalariga tegishli bo‘lib turibdi. Ushbu yurt vakillarining 10tadan futbolchisi bitta mundialda raqiblari darvozasiga gol urishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!