Belotti superhujumchiligini sakkiz daqiqada isbotlab qo‘ydi

  • 5 mart, 2017, 22:59
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugungi kunda grand klublarning aksariyatini qiziqtirib qo‘ygan "Torino" hujumchisi Andrea Belotti to‘purar sifatida qanday salohiyatga ega ekanini sakkiz daqiqada isbotlab qo‘ydi.

Tecno
 

Italiyalik yosh hujumchi "A" seriyaning 27-turida "Palermo"ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda o‘zini ko‘rsatdi. Belotti sakkiz daqiqad ichida raqib darvozasiga uchta to‘p kiritib, jamoasiga 3:1 hisobida g‘alaba keltirdi.

Italiya chempionatida 24 ta o‘yinda 22 ta gol urgan Belotti to‘purarlar bahchida yakka peshqadamga aylandi. Uning eng yaqin ta’qibchilari Gonsalo Iguain ("Yuventus") va Edin Jeko ("Roma") hisobida 19 tadan gol bor.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!