"Benfika"ning 19 yoshli hujumchisi Evropa grandlari diqqat markazida

  • 05.02.2019 12:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Lissabonning "Benfika" klubi hujumchisi Joau Felish Sekeyra faoliyatidi Ispaniyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra 19 yoshli portugaliyalik futbolchi uchun La Liganing uch grandi - "Barselona", "Real" hamda "Atletiko" jiddiy kurash boshlagan.

Bundan tashqari PSJ, "Bavariya", "Yuventus" va "Borussiya" Dortmund klublari ham Sekeyraga befarq emas.

Ma’lumot uchun, Joau Felish Sekeyra joriy mavsum “Benfika” safida jami 12ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 6ta gol urishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan. Unga ko‘ra futbolchining tovon puli 120 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!