
Benzema: Solari hech bo‘lmaganda mavsum yakunigacha jamoada qolishi kerak
Madridning “Real” klubi hujumchisi Karim Benzema kecha EChL guruh bosqichining 4-turidan o‘rin olgan “Viktoriya”ga (5:0) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yindan so‘ng jamoani vaqtinchalik boshqarib turgan Santyago Solari haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Albatta, nega endi yo‘q? U bilan ishlarimiz joyida. Murabbiyning bir yoki ikki oyga kelishini xohlamayman. Shunday ekan Solari kamida mavsum yakuniga qadar jamoada qolishi kerak. U – ajoyib murabbiy. Biz hozir o‘zimizda nisbatan ko‘proq ishonchni his qilyapmiz va biz hali boshqalar bilan raqobatlasha olamiz”, - deydi frantsiyalik futbolchi.
Fikrlar