Bernat: Qachondir bir kun "Valensiya"ga qaytishni xohlayman
PSJ himoyachisi Xuan Bernat qachondir bir kun o‘zi tarbiya topgan "Valensiya" klubiga o‘tishni xohlashi haqida gapirdi.
“Valensiya” – mening yuragimdagi jamoa. Men u erda ulg‘aydim, o‘sdim. O‘z vaqtida men uchun eng to‘g‘ri yo‘l boshqa jamoaga o‘tish va rivojlanish edi.
Aniq bir vaqtni ayta olmayman, ammo, qachondir bir kun albatta “Valensiya”ga qaytib sovrin yutishni xohlayman”, - deydi Bernat.
Eslatib o‘tamiz, Bernat 2014 yil “Valensiya”dan “Bavariya”ga ko‘chib o‘tgan edi. 2018 yilning yozida esa u PSJ bilan shartnoma imzoladi.
Ma’lumot uchun, Bernat joriy mavsum parijliklar safida jami 27ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar