
Bilasizmi? Alisson Buffonning 17 yillik rekordini yo‘qqa chiqardi
Xabaringiz bor, kecha “Roma” posboni Alisson Beker 72,5 mln evro evaziga “Liverpul”ga ko‘chib o‘tdi va dunyoning eng qimmat darvozaboniga aylandi.
Ta’kidlash kerakki, bungacha bo‘lgan rekord afsonaviy Janluiji Buffonga tegishli edi. Aynan u 2001 yil “Parma”dan “Yuventus”ga naqd 52 million evroga ko‘chib o‘tgan.
Agar ushbu raqamlarni funtda oladigan bo‘lsak, u holda Alissondan avvalgi rekord “Manchester Siti” posboni Ederson Moraesga tegishli edi. “Shaharliklar” braziliyalik darvozabon uchun “Portu”ga 34,7 mln funt to‘lashgan edi.
Taqqoslash uchun, Alissonning transferi esa “Liverpul”ga 64,86 mln funtga tushdi.
Fikrlar