
Bilasizmi? Bonuchchi o‘tgan yoz "Real" futbolchisiga aylanishi mumkin edi
Turinning "Yuventus" klubi himoyachisi Leonardo Bonuchchi o‘tgan yilning yozida "Real"ga o‘tishi mumkin edi. Biroq, 31 yoshli futbolchi Madridga o‘tishdan ko‘ra Turinga qaytishni ma’qul ko‘rgan.
“Ha, “Real” chindan ham menga qiziqish bildirgan. Bunday jamoaning e’tiboriga tushgani esa men uchun ulkan sharaf”, - deydi Bonuchchi.
Ma’lumot uchun, Bonuchchi joriy mavsum “Yuventus” safida 26ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar