Bilasizmi? Bugun 5ta klub futbolchilari o‘z jamoadoshlariga qarshi o‘ynashadi

  • 15 iyul, 2018, 18:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Xabaringiz bor yana bir necha soatlardan so‘ng Moskvadagi “Lujniki” stadionida Frantsiya hamda Xorvatiya terma jamoalari o‘rtasida futbol bo‘yicha 2018 yilgi jahon chempionatining hal qiluvchi final bahsi boshlanadi.

Qizig‘i shundaki, bugungi o‘yinda 5ta klub futbolchilari o‘z jamoadoshlariga qarshi maydonga tushishlari mumkin:

"Atletiko": Lyuka Ernandes va Antuan Grizmann (Frantsiya) - Shime Vrsalko (Xorvatiya)

"Barselona": Samuel Umtiti va Usmon Dembele (Frantsiya) - Ivan Rakitich (Xorvatiya)

"Real": Rafael Varan (Frantsiya) - Mateo Kovachich va Luka Modrich (Xorvatiya)

"Yuventus": Blez Matyuidi (Frantsiya) - Mario Manjukich (Xorvatiya)

"Monako": Jibril Sidibe va Toma Lemar (Frantsiya) - Daniel Subashich (Xorvatiya)

Eslatib o‘tamiz, uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!