
Bilasizmi? Ketma-ket 3ta JCh finallaridan buyon g‘olib nomi asosiy vaqtda aniqlanmayapti
Barchaga yaxshi ma’lum bugun Moskvadagi muhtasham “Lujniki” stadionida barchamiz orziqib kutgan JCh-2018ning hal qiluvchi final bahsi ham bo‘lib o‘tadi.
Ushbu uchrashuv oldidan bir qiziqarli fakt mavjud. Gap shundaki, so‘nggi paytlarda jahon chempionati finallarida g‘olib asosiy vaqtda emas, balki qo‘shimcha bo‘limlar yoki penaltilar seriyasida aniqlanmoqda.
So‘nggi bor asosiy bo‘limda 2002 yil Braziliya terma jamoasi Germaniya ustidan g‘alaba qozongan. Shundan buyon o‘tkazilgan 3ta mundial finalida muxlislar chempion nomini kamida 120 daqiqadan so‘ng bilishmoqda.
O‘z navbatida bu safari finalga etib kelgan Xorvatiya terma jamoasini alohida ta’kidlash lozim. Boisi, ular finalgacha bo‘lgan pley-offning barcha uchrashuvlarini 120 daqiqadan o‘tkazib kelishdi. Ular uchun ushbu o‘yindagi ekstra taymlar ketma-ket 4-si bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Frantsiya – Xorvatiya bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.
Fikrlar