
Bilasizmi? Klopp 2008 yil "Bavariya" bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin edi
"Bavariya" klubi prezidenti Uli Xyoness bundan 11 yil muqaddam jamoani Yurgen Klopp jamoa boshqaruvini o‘z qo‘liga olishi mumkin bo‘lgani haqida gapirib o‘tdi.
“Kloppni juda yaxshi murabbiy deb hisoblayman. Ko‘p yillar oldin biz u bilan “Bavariya”ni boshqarishi haqida kelishuvga erishgandik. Biroq, biz yakunda Yurgen Klinsmann nomzodiga to‘xtaldik.
“Liverpul”ga qarshi bahs har ikkala jamoa uchun ham qiyin bo‘ladi. Umid qilamanki biz g‘alaba qozonamiz”, - deydi Xyoness.
Eslatib o‘tamiz, Klinsmann 2008 yil “Bavariya” bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Biroq, u oradan bir yil ham o‘tmay iste’foga chiqarilgan edi.
Fikrlar