Bilasizmi: “Obod” 7 o‘yindan beri mag‘lub bo‘lmoqda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bundan biroz oldin, Toshkentdagi TTYMI stadionida Oliy liga 18-turidan o‘rin olgan “Obod” va “Buxoro” jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi. Unda buxorolik futbolchilar safarda 3:2 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Bu “Obod”ning ushbu mavsum Oliy ligadagi ketma-ket ettinchi mag‘lubiyati bo‘ldi.

Toshkentliklar so‘nggi bor 11-tur doirasida 18 may sanasida “Dinamo”ga qarshi uyda kechgan uchrashuvda g‘alaba qozongan edi. “Jar” stadionida kechgan qarama-qarshilikda “Obod” 3:1 hisobida samarqandliklardan ustun kelgan edi.

Shundan so‘ng, “Mash’al”, “Metallurg”, “Sho‘rtan”, “Paxtakor”, “Navbahor”, “Qo‘qon-1912” va “Buxoro” jamoalariga qarshi bahslarda “Obod” ketma-ket tarzda mag‘lub bo‘lib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!