Bilasizmi? "Paxtakor" Gonsalveshning transferida foyda ko‘rdi

  • 30.01.2019 13:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 4
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor o‘tgan mavsumni "Paxtakor" safida o‘tkazgan portugaliyalik hujumchi Ismoil Gonsalvesh yaqinda Eronning "Istiqlol" klubi bilan shartnoma imzoladi.

Qayd etish lozimki, "sherlar" ushbu transferdan yaxshigina foyda ko‘rishgan. Bu haqda "Paxtakor" sport direktori Ja’far Irismetov SPORTS.uz muhbiri bilan bo‘lgan suhbatda aytib o‘tdi.

- Gonsalveshning Eron jamoasiga transfer qilingani “Paxtakor”ning moddiy tomondan foyda ko‘rganini bildiradimi?

- Albatta, shunday. Klub bu transferdan foyda oladi. “Paxtakor” faqatgina boshqa o‘yinchilarni qo‘lga kiritish orqali transfer qilmaydi, biz ham o‘yinchilarni sotib foyda ko‘rishimiz mumkin. Gonsalvesh bunga misol bo‘la oladi.

Suhbatning to‘liq matnini tez orada saytimiz orqali o‘qishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
А.Н.Т
30/01/2019 15:32
Бир марта фойда курибсанлаку качан фойда кургансанла олдин
AbulAyno UsmonToshkent
30/01/2019 20:43
O' yetimvachcha har safar foida ko'rib yurgan.Bunyodkorga uxshab uyinchimiz ketib qoldi deb utirmasdan.Yoki Nasafga uxshab erkin agent jamoasi emas.
&
А.Н.Т
05/04/2019 21:35
Дилшод кимга привет ездинг етим