
Bilasizmi? "Qo‘qon-1912" va "Qizilqum" bu mavsum beshinchi bor to‘qnash keladi
"Qo‘qon-1912" matbuot xizmati mazkur bellashuv prevyusini taqdim etdi.
16-uchrashuv arafasida
Shu kunga qadar bu jamoalar O‘zbekiston chempionatlari doirasida 15 marta to‘qnash kelishgan. O‘yinlarning to‘rttasida qo‘qonliklar g‘alaba qozonishgan. 10 bahsda navoiyliklarning qo‘li baland kelgan. Bitta uchrashuvda esa durang natija qayd etilgan.
To‘plar nisbati 30-14 “Qizilqum” foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda "Qo‘qon-1912" 13 ochkoni qo‘lga kiritgan. "Qizilqum"ning bu boradagi ko‘rsatkichi 31 ochkoni tashkil etadi.
Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar
26.05.2018
Qo‘qon-1912 – Qizilqum – 0:1
18.03.2017
Qo‘qon-1912 – Qizilqum – 1:0
24.04.2016
Qo‘qon-1912 – Qizilqum – 0:3
25.09.2015
Qo‘qon-1912 – Qizilqum – 1:0
19.04.2003
Qo‘qon-1912 – Qizilqum – 1:3
30.11.2002
Qo‘qon-1912 – Qizilqum – 2:1
02.11.2000
Temiryo‘lchi – Qizilqum – 1:3
Mavsumdagi beshinchi uchrashuv
Joriy mavsumda ushbu jamoalar to‘rt bor to‘qnash kelishgan. Uch marta Pepsi Superliga doirasida bir marta O‘zbekiston kubogi chorak finalida. Chempionatdagi o‘yinlarning bittasida qo‘qonliklar g‘alaba qozongan bo‘lsa, ikkita o‘yinda Hamidjon Aktamov jamoasining g‘alabasi bilan tugagan.
O‘zbekiston Kubogi chorak finalida esa qo‘qonliklar 2:0 hisobida zafar quchishgan.
Fikrlar