
Bilasizmi? Rojers hech qachon APLdagi debyut bahsida g‘alaba qozona olmagan
Xabaringiz bor bugun "Lester" o‘zining yangi murabbiyi - Brendan Rojers qo‘l ostida "Uotford" mehmoni bo‘ldi va 2:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Qizig‘i, Rojers ushbu jamoa bilan ham APLdagi debyut uchrashuvida g‘alaba qozona olmadi.
Ta’kidlash kerakki, shimolik irlandiyalik mutaxassis bundan avvalgi faoliyati davomida "Liverpul" va "Suonsi" kabi premer-liga klublarini boshqargan. E’tibrlisi, ushbu jamoalarda ham debyut o‘yinida g‘alaba qozona olmagan. Uning jamoalari ilk uchrashuvda "Reding" va "Uotford" bilan durang o‘ynashgan.
Fikrlar