Birodar Abduraimov: Hammani oldida qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib uzr so‘rab nima qiladi? Bu kimga kerak?

  • 6 sentabr, 2018, 10:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbek futbolining tirik afsonasi Birodar Abduraimov Olimpiya terma jamoamizning Osiyo o‘yinlaridagi muvaffaqiyatsizligi haqida jiddiy gaplar gapirdi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, chorak finalda Janubiy Koreyaga (4:3) qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan so‘ng bosh murabbiy Ravshan Haydarov va bir qator futbolchilarning O‘FA vitse-prezidenti Umid Ahmadjonovdan ochiqchasiga kechirib so‘rashgani ko‘pchilikning jiddiy tanqidlariga sabab bo‘lgan edi.

"Biz boshqa sportchilarimiz kabi futbolchilarimizdan ham muvaffaqiyatlarni kutgandik. Hech bo‘lmasa finalga chiqishni kutgandik. Afsuski, ular o‘zlariga yuklatilgan vazifani uddalay olishmadi. Umuman olganda, terma jamoamizning ishtiroki haqida nima deyish mumkin? Murabbiyni qilgan ishini qarang! Mag‘lubiyatga uchragandan keyin boshini egib kechirim so‘rashi nimasi? Sen murabbiymisan, unda yutqazgandan keyin ariza yozib, ishdan ketmaydimi? Hammani oldida qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib uzr so‘rab nima qiladi? Bu kimga kerak? Axir yutqazib bo‘lishdi-ku, undan ko‘ra o‘z ixtiyori bilan ishdan ketgani yaxshi-ku! Bunday ishi bilan kimni aldayapti?", - deydi futbolimiz faxri.

Birodar Hasanovich bilan uyushtirilgan to‘liq suhbatdi tez orada saytimizda o‘qishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Dadosh.onash Dadosh
06/09/2018 16:09
Bu afsonaviy odamdan ciqayotgan gapni qarang bu insoni gapimas manimca nima namangan xalqi yerdan ciqan qozi qorinmi nima bolsayam keling namanganga bir afsonaviy oyin bolsin siz koring xaqiy qiy namangan wanini ximoyacillari bor afsonaviy Tow qul aka.anu alisher degani uzini tugilgan joyiga pul tikmay wowkentga tikani bizga alam qilmaydi bizni namangan xalqi Navbaxorni ozi qollaydi xudo xoxlasa bu safarxam yutaylik olohim barca namangan wanini ximoya qilayotgan insollarga ozing kuc quvat ato etgin olihim