Boateng nima uchun "Bavariya"da qoldi?

  • 12 sentabr, 2018, 16:17
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” klubi himoyachisi Jerom Boateng nima uchun yozgi transferlar mavsumida boshqa jamoaga o‘tib ketmaganligini aytdi. Futbolchining so‘zlariga ko‘ra, myunxenliklar ustozi Niko Kovach uning jamoada muhim o‘yinchilardan biri ekanligini aytgan.

Tecno

Yozgi transferlar mavsumida PSJ va MYu nemis himoyachisiga jiddiy qiziqish bildirdi, ammo Boateng yakunda Myunxenda qolishga qaror qildi.

Murabbiy boshidan o‘zining minnatdorligini va ishonchini bildirdi, – deya Boatengning so‘zlarini keltiradi Bild nashri. – Niko Kovach mening klubga kerakligimni aytdi. PSJ va MYu? Bu qochish emas, balki nimadir yangilik qidirishga chanqoqlik. Ammo “Bavariya”da o‘zimni yaxshi his qilyapman. Bu jahonning eng yirik klublaridan. Mourinoga shaxsan telefon qilib, menga qiziqayotgani sharafligini aytganman. Ajoyib suhbat bo‘lgan edi va o‘shanda nima uchun MYuga o‘tmasligimni aytganman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!