Bodibildingchilarimiz Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi

CHERY AUTO

Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida bodi-bilding va fitness bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada terma jamoamiz vakillari ham qatnashishdi.

Xususan, vakillarimizdan Guljahon Turdiqulova  model-fitness yo‘nalishida oltin medalni qo‘ga kiritgan bo‘lsa, atlet-fizik yo‘natishida Elena Nuraeva, bodibilding yo‘nalishida +100 kg vazn toifasida Mixail Volinkin, erkaklar o‘rtasidagi atlet-fizik yo‘nalishida Dilshod Niyazovlar kumush medalni qo‘lga kiritishdi.

Shuningdek, faxriy sportchilar o‘rtasida bodibilding yo‘nalishida ishtirok etgan Pavel Umurzakov 4 o‘rinni band etgan bo‘lsa, ushbu yo‘nalishda yoshlar o‘rtasidagi bahsda Vladimir Volinkin 5 o‘rinni vo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!