Boks bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasidagi JCh-2019 turnirlariga Rossiya shaharlari mezbonlik qiladi

  • 2 noyabr, 2018, 16:41
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi 2019 yilgi jahon chempionati Rossiyaning Ulan-Ude shahrida o‘tkaziladi, deya xabar bermoqda TASS nashri Rossiya boks federatsiya ma’lumotiga tayanib.

Manbada yozilishicha, bu haqda AIBA ijroiya qo‘mitasi qaror qabul qilgan.

Rossiya boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritganidan juda xursandman. Buryatiya musobaqani yuqori darajada o‘tkazishiga ishonchim komil, – deydi Rossiya boks federatsiyasi bosh kotibi Umar Kremlev.

Eslatib o‘tamiz, boks erkaklar o‘rtasidagi navbatdagi jahon chempionati ham Rossiyada bo‘lib o‘tadi. Mazkur turnir mezbonligini Sochi shahri yutib olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!