Bokschi qizlarimizdan olti medal
Qozog‘istonda boks bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zolari ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Nufuzli musobaqada yurtimiz sharafini himoya qilgan Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Yodgoroy Mirzaeva va iste’dodli sportchimiz Aziza Mamirova final uchrashuvigacha barcha raqiblarini engdi. Biroq, so‘nggi jangda yutqazgan har ikki sportchimiz ham kumush medalga loyiq topildi.

Xalqaro turnirda yarim finalga chiqqan bokschilarimizdan Tursunoy Rahimova, Gulnoza Rahmatova, Nafisa Asqarova hamda Gavhar Mirzaeva bronza medal bilan taqdirlandi.

Fikrlar