Boku-2017: Abrorjon to‘xtadi
Ozarbayjonda qizg‘in pallaga kirgan Islom birdamlik o‘yinlari dasturidan joy olgan boks musobaqasida qatnashgan Abrorjon Qodirov kutilmaganda mag‘lubiyatga uchradi.
Yarim finalda marokashlik Abdulali Daraa bilan raqobatlashgan yosh bokschimiz 1:4 hisobida yutqazib qo‘ydi.
Shunday bo‘lsa-da, Abrorjon Qodirov terma jamoamiz g‘aznasiga bronza medal qo‘shdi.

Fikrlar