
Bonuchchi Italiya terma jamoasida 81-o‘yinda maydonga tushdi va ...
Italiya terma jamoasi himoyachisi Leonardo Bonuchchi kecha UEFA Millatlar ligasi doirasida Polsha (1:1) terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tgan bahsda ishtirok etdi.
Ushbu uchrashuv 31 yoshli futbolchi uchun faoliyati davomida “skuadro adzurro” safidagi 81-o‘yin bo‘ldi. E’tiborlisi, u bu ko‘rsatgich borasida 11-o‘ringa ko‘tarilib oldi va Franko Barezi, Juzeppe Beorgomi va Marko Tardelli kabi italiyalik afsonaviy futbolchilar bilan tenglashib oldi.
Ma’lumot uchun, bu borada Bonuchchidan bir pog‘ona yuqorida, ya’ni 10-o‘rinda Alessandro Del Pero (91ta o‘yin) bormoqda. Italiya terma jamoasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi esa Janluiji Buffon hisoblanadi. Afsonaviy darvozabon mamlakat terma jamoasi sharafini 176ta o‘yinda himoya qilgan.
Fikrlar