Bonuchchi "Milan"dan ketishga yaqin turibdi
Italiyaning “Milan” klubi himoyachisi Leonardo Bonuchchi jamoadan ketishga juda yaqin turibdi.
Paris United nashrining xabar berishicha 31 yoshli italiyalik futbolchi tez orada PSJ bilan shartnoma imzolaydi. Bonuchchining Parij klubiga ko‘chib o‘tishiga “rossonerilar” rahbariyati ham ko‘maklashib yuborishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Bonuchchi "Milan" safiga 2017 yil Turinning "Yuventus" klubidan kelib qo‘shilgan edi.

Fikrlar