Bonuchchi "Real" taklifini rad qilganini tan oldi

  • 19 fevral, 2019, 16:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” himoyachisi Leonardo Bonuchchi “A” seriyadagi raqobat va “Milan”dan Turin klubiga qaytishi oldidan “Real” taklifini rad etganligi haqida gapirib o‘tdi.

Tecno

Etti yil ketma-ket skudetto va hozir “Napoli” bilan oradagi farq 13 ochko? Bularning barchasi shunchaki emas. Italiya futboli darajasi o‘sdi. Shunday vaqtlar bo‘lganki, “Yuventus” boshqalardan juda o‘zib ketgan. Biz “Napoli”, “Interva “Milan”ga qarshi o‘ynaymiz va bu jamoalarni muammosiz yutamiz deb hisoblardik, biroq hozir unday emas.

– “Real” taklifini rad qilganim to‘g‘rimi? Ha, shunday. “Real” menga qiziqish bildirgan va ular uchun bu transfer olamida ajoyib natija va g‘urur bo‘lardi, – deya himoyachining so‘zlarini keltiradi AS nashri.

Bonuchchi “Yuventus” safida 2010-2017 yillar to‘p surgan, keyin 40 mln evro  evziga “Milan”ga o‘tgan. 31 yoshli futbolchining turinliklarga qaytishi 2018 yil yozida bo‘lib, uning uchun “keksa sinora” 35 mln to‘lagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!