"Bordo"ga rad javobini bergan Anrining Belgiya terma jamoasidagi lavozimi ko‘tarildi

  • 31.08.2018 16:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Afsonaviy frantsiyalik futbolchi Terri Anri Belgiya terma jamoasining ikkinchi raqamli murabbiyiga aylandi. Bu haqda terma jamoa rasmiy sayti xabar bermoqda.

Unga ko‘ra endi 41 yoshli mutaxassis jamoa bosh murabbiyi Roberto Martinesga assistentlik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Anri bungacha Belgiya terma jamoasi murabbiylar shtabida ruhiy tayyorgarlik bo‘yicha faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!