
“Bornmut” sardori uchun mavsum muddatidan avval yakuniga etdi
“Bornmut” klubi sardori Saymon Frensis jiddiy jarohat oldi va uzoq muddatga safdan chiqdi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 33 yoshli angliyalik futbolchi APLning 19-turida “Tottenxem”ga (5:0) qarshi bahsda jarohat olgan. Shifokorlarning aytishicha u endi kamida 6-9 oy maydonga tusha olmaydi.
Ma’lumot uchun, Frensis joriy mavsum APLda 17ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar