
"Borussiya D" "Tottenxem"ga qarshi bahs oldidan sardorsiz qoldi
Dortmundning "Borussiya" klubi sardori Marsel Shmeltser jarohati bois, olti haftaga safdan chiqdi. Bu haqda Bundesliga rasmiy sayti xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, himoyachi kecha bo‘lib o‘tgan "Frayburg"ga qarshi bahsninsh 31-daqiqasida Yorik Ravening qo‘polligidan so‘ng o‘yinni davom ettira olmagan. U 6 haftani o‘tkazib yuborishi aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, Dortmund klubi 13 sentyabr kuni "Uembli"da "Tottenxem Xotspur" mehmoni bo‘ladi.
Fikrlar