“Borussiya D” Yulian Vayglni PSJga sotishga tayyor
Frantsiya chempioni PSJ “Borussiya D” yarim himoyachisi Yulian Vayglga qiziqishda davom etmoqda. Bu haqda The Bild nashri ma’lum qildi.
Avvalroq dortmundliklar bosh murabbiyi Lyusen Favr 23 yoshli futbolchining transfer qilinishini istamagandi. Ammo endi “Borussiya D” futbolchisini 25 million evroga sotishga tayyor.
Vayglning o‘zi PSJga o‘tishga qarshi emas. Joriy mavsumda u 4 uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golga mualliflik qildi.

Fikrlar