
"Borussiya" Dortmund Alkaserning transferini yakshanba kuni e’lon qiladi
Dortmundning “Borussiya” klubi tez orada “Barselona” hujumchisi Pako Alkaserning transferini to‘liq sotib olganini rasman e’lon qiladi.
Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra nemis grandi ispaniyalik futbolchi uchun kataloniyaliklarga 23 mln evro va unga qo‘shimcha yana 5 mln evro to‘laydi hamda Alkaser bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzolaydi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda “Borussiya” Alkaserni sotib olgani haqida 25 noyabr kuni, ya’ni direktorlar kengashi yig‘ilishidan so‘ng e’lon qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Alkaser hozircha “Borussiya”da ijara asosida to‘p surmoqda. U joriy mavsum Bundesligada 8ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar