
“Borussiya” Dortmund "Barselona" forvardini to‘liq sotib olmoqchi
Kataloniyaning "Barselona" klubi mavsumni “Borussiya” Dortmund safida ijara asosida o‘tkazayotgan hujumchisi Pako Alkaserning kelajagi borasida ma’lum qildi.
“Borussiya”dagilar biz bilan bog‘lanishdi va Pako Alkaser uchun kelishilgan mablag‘ni to‘lab, uni sotib olishga tayyorligini bildirishdi”, - deydi “Barselona” bosh direktori Oskar Grau.
Ma’lumot uchun, Alkaser joriy mavsum dortmundliklar safida jami 5ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 8ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar