
“Borussiya” Dortmund bosh murabbiyi iste’foga chiqdi
Dortmundning “Borussiya” klubi bosh murabbiyi Peter Shteger Bundesliganing so‘nggi turida “Xoffenxaym”dan (1:3) uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng jamoadan ketishi haqida e’lon qildi.
“Bu mening “Borussiya”dagi so‘nggi o‘yinim. Biz bu haqda klub rahbariyati bilan bundan avvalroq kelishib olgan edik. Umid qilamanki yangi murabbiy jamoaga foyda keltiradi”, - deydi Shteger.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Borussiya”ni kelgusi mavsum “Nitstsa” ustozi Lyusen Favr boshqarishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar