"Borussiya" Dortmund endi "Bavariya"ga futbolchi sotmaydi

  • 16.01.2019 19:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Dortmundning “Borussiya” klubi Bundesligada “Bavariya”ga jiddiy raqobat qila oladigan tarkibni shakllantirmoqchi.

Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra dortmundliklar rahbariyati bundan buyon “Bavariya”ga futbolchi sotmaslikka qaror qilgan.

Qayd etish lozimki, “Borussiya” bu boradagi birinchi ishini Kristian Pulishichning transferida amalga oshirdi. Boisi, AQShlik futbolchi uchun garchi “Bavariya” ham da’vogarlik qilgan bo‘lsada, Dortmund klubi uni “Chelsi”ga sotdi.

Shu tariqa “Borussiya” Dortmund “Bavariya”ni kuchsizlantirib, yaqin yillar ichida chempionlik uchun myunxenliklarga jiddiy raqobatchi bo‘lmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!