"Borussiya" Dortmund hujumchisi safdan chiqdi

  • 17.09.2018 18:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Dortmundning "Borussiya" klubi forvardi Pako Alkaser jarohat olib safdan chiqdi.

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 25 yoshli ispaniyalik futbolchi Bundesliganing "Ayntraxt"ga qarshi kechgan bahsida son mushaklaridan lat egan.

Shu tariqa Alkaser 18 sentyabr kuni UEFA Chempionlar ligasining ilk turida "Bryugge"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!