
"Borussiya" Obameyangni o‘rniga yangi hujumchi topdi
Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyang yozgi transferlar vaqtida jamoasini almashtirishini ma’lum qildi. Gabonlik futbolchi anchadan buyon "Real"dan taklif kutmoqda. Agar madridliklar Obameyangga e’tibor qaratmagan taqdirda ham Bundesliga to‘purariga qiziqayotgan jamoalar kam emas.
"Borussiya" rahbariyati asosiy hujumchisi o‘rniga boshqa to‘purar olib keladigan bo‘ldi. Dortmundliklar "Atletik" hujumchisi Inyaki Vilyamsga e’tibor qaratdi. "Borussiya" bu futbolchi uchun belgilangan transfer summasi - 50 million evroni to‘lashga roziligini bildirdi.
"Atletik"ning yosh hujumchisi barcha turnirlarda 29 ta o‘yin o‘tkazib, to‘rtta gol urdi va ettita golli pas uzatdi.
Фикрлар