Bosim Qosim: Ertaga 3 nafar etakchi futbolchimiz maydonga tusha olmaydi

  • 11 fevral, 2019, 14:35
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo Chempionlar Ligasi 2-saralash bosqichida Toshkentning “Paxtakor” jamoasi ertaga o‘z maydonida Iroqning “Eyr Fors” klubini qabul qiladi.

Mazkur o‘yin oldidan har ikki jamoa vakillari ishtirokida matbuot anjumani takshil qilindi. Dastlab OAV xodimlari savollariga mezbon klub vakillari javob qaytarishgan bo‘lsa, anjumanning ikkinchi qismida iroqliklar ustozi Bosim Qosim va jamoa a’zosi Saad Notiqlar ishtirok etishdi.

Bosim Qosim: - O‘yinga yaxshi hozirlik ko‘rishga intildik. Iroq chempionati davom etmoqda, oxirgi ikki bellashuvda jiddiy raqiblar bilan durang o‘ynadik. Ertaga uch nafar etakchi futbolchimiz jarohat tufayli maydonga tushmaydi. Amjed Rahim, Karar Nabil va Ali Hosni o‘ynay olmaydi. Biz raqibni imkon boricha o‘rganishga intildik. Bu jamoa ancha kuchli. Chap qanot yarim himoyasi katta muammo yaratishi mumkin.

OFK kubogi nufuzli musobaqalardan biri hisoblanadi. Biz esa ushbu musobaqada qatorasiga 3 marta g‘alaba qozondik. Buning asosiy sababi esa biz aniq reja asosida ish olib boramiz. Jamoaning ahilligi, muxlislar va tarkibdagi mahoratli futbolchilarning borligi buning asosiy omilidir.

Iroqdagi uy o‘yinlarimizda stadion doim muxlislar bilan to‘ladi. O‘ylaymanki, ertangi o‘yinda ham stadion to‘lib toshadi. O‘yinga tashrif buyurgan ishqibozlar aslo afsuslanishmaydi. Chunki, ertaga har ikkala jamoa ham chiroyli futbol namoyish etadi.

Shu o‘rinda eslatib o‘tishim lozimki 2005 yil Iroqning "Al-Zavra" klubi bilan "Paxtakor"ga qarshi Toshkentda o‘yin o‘tkazganmiz va g‘alaba qozonganmiz. O‘shanda stadion to‘lgandi.

Saad Notiq: - Biz yaxshi kayfiyatdamiz. Jamoamizga jarohatlangan o‘yinchilar yordam bera olmaydi, ammo ahil bo‘lib zarur natijaga erishishga intilamiz.

Eslatib o‘tamiz, “Paxtakor” – “Eyr Fors” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv ertaga, 12 fevral kuni “Paxtakor” stadionida soat 15:00da start oladi. O‘yinni Kim Xi Gon boshchiligidagi koreyalik hakamlar brigadasi boqsharib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
11/02/2019 17:03
стадиондаги 3 та сектор тўлади холос
&
Islom Jurayev
11/02/2019 14:58
Xa tasavvur qilyapman stadion tulishini....