
Botirali Ergashev: Ayrim futbolchilarning "Navbahor"dan ketgani haqidagi xabarlar asossiz
So‘nggi paytlarda turli OAVda "Navbahor"ning ayrim futbolchilari jamoaning sobiq ustozi Ilhom Mo‘minjonovning iste’fosidan so‘ng jamoani tark etishgani haqida xabar tarqaldi. Bu xabarlarning ko‘pi mish-mish. "Navbahor" muxlislarining telegramdagi kanali tarqatgan xabarga ko‘ra yuqoridagi xabarlar hech qanday asosiga ega emas. Ular ushbu holat yuzasidan jamoa darvozaboni Botirali Ergashev bilan bog‘lanishdi.
- Botirali siz «Navbahor»ni tark etdingizmi?
- Yo‘q. Men hali hamon «Navbahor»daman. Tizzamdan olgan jarohatim jiddiy bo‘lgani tufayli mashg‘ulotlarda qatnasha olmayapman. Jarrohlik amaliyotini o‘tkazyapman va ikki kundan so‘ng Turkiyaga jo‘nab ketaman va oyog‘imni operatsiya qildiraman. Kanchelskis bilan gaplashdim jarohatdan qutulganimdan so‘ng keyingi taqdirim haqida kelishib olamiz. Turkiya safari 10 kun davom etadi va O‘zbekistonga qaytib kelaman.
- Ilhom Mo‘minjonov bilan bir nechta o‘yinchilar jamoani tark etdi degan xabarlar tarqaldi. Bu haqida siz qanday fikrdasiz?
Bu xabarlarning hammasi ham rost emas. Xususan, Azamat Allaniyozov Namangandagi «Metallurg»ga qarshi kechgan o‘yinda qo‘li jiddiy tarzda jarohat olgan va qo‘lini operatsiya qildirdi. Bunday asossiz xabar chiqargan manbalarga turli chora ko‘rishni o‘yladim, lekin hammani vijdoniga havola.
Fikrlar