
Bravodan og‘zi kuygan "Siti" o‘ziga yangi darvozabon topdi
Angliyaning “Manchester Siti” klubi yaqin orada “Benfika” darvozaboni Ederson Moraesni o‘z safiga qo‘shib olishi kutilmoqda.
Goal nashrining ma’lum qilishicha, “shaharliklar” 23 yoshli Braziliya terma jamoasi golkiperi uchun “burgutlar”ga 40 mln evro to‘lashga tayyor. Agar, ushbu transfer amalga oshadigan bo‘lsa, u holda Ederson futbol tarixidagi eng qimmat darvozabonga aylanadi.
Ma’lumot uchun, “Benfika” futbolchining bor yo‘g‘i 50 foiz transferiga egalik qiladi. Qolgani esa darvozabonning sobiq klubi “Riu Ave” va Gestifute futbol agentligiga tegishli.
Yaya Ture "Manchester Siti"da qoladi>>>
Rasman!"Manchester Siti" "Monako" futbolchisi bilan shartnoma imzoladi>>>
Fikrlar