"Brayton" - "Tottenxem" 1:2 (video)
Avval xabar berganimizdek bundan biroz avval Angliya Premer-ligasi 6-turidan o‘rin olgan "Brayton" hamda "Tottenxem" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi.
Mazkur bellashuvda "shporlar" 2:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Londonliklar safida gollarga Harri Keyn va Erik Lamelalar mualliflik qilishdi. Bunga Nokert bir marta javob qaytardi.
Shu tariqa, Mauritsio Pochettino shogirdlari o‘zlarining ikki o‘yinlik g‘alabasiz seriyasiga barham berishdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar