Braziliya futbol konfederatsiyasi Titening kelajagi borasida yakuniy qarorga keldi
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tite JCh-2018dagi muvaffaqiyatsizlikka qaramay o‘z faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda Terra nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaning xabar berishicha Braziliya futbol konfederatsiyasi bugun bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari yig‘ilishida aynan shunday qarorga kelgan. Yaqin kunlar ichida bu haqda rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya terma jamoasi kecha JCh-2018ning chorak finalida Belgiyaga imkoniyatni boy berib musobaqani tark etgan edi.
Fikrlar