
Braziliya terma jamoasi futbolchisi jarohat oldi
Italiyaning “Inter” va Braziliya terma jamoasi himoyachisi Joao Miranda terma jamoa lagerini tark etdi. Braziliya terma jamoasi kecha JCh-2018 saralash bosqichi doirasida Ekvadordan 2:0 hisobida ustun keldi.
“Pentakampeonlar” ustozi Tite 32 yoshli futbolchini tanaffusda almashtirgan edi. Xabarlarga ko‘ra, Miranda boshidan jarohat olgan.
“Miranda muvozanatni yo‘qotmadi. Biroq hech nimani tushunmadi va eslolmadi. U o‘sha vaqtdagi hisobni va o‘yindagi holatlarni eslay olmadi”, – deb aytib o‘tdi Braziliya terma jamoasi shifokori Rodrigo Lasmar.
Miranda “Inter”ga qaytadi va u erda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Shunday qilib, Miranda terma jamoasining Kolumbiyaga qarshi kechadigan bahsida yordam bera olmaydigan bo‘ldi.
Fikrlar