
Braziliya terma jamoasi ustozi: Vinisiusni o‘sishiga imkoniyat berishni xohlayman
Braziliiya terma jamoasi bosh murabbiyi Tite "Real" vingeri Vinisius Juniorni terma jamoaga chaqirilishi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Yangi iqtidorlar paydo bo‘lganidan xursandman va ularni qo‘llab-quvvatlashni xohlayman. Agar ular raqobatga tayyor bo‘lsalar albatta.
Vinisius ham xuddi shu sabab chaqirilgan. U joriy mavsum 26ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘zini har tomonlama ko‘rsata olddi. Bizda mashg‘ulotlar uchun uncha ko‘p vaqtimiz bo‘lmaydi. Lekin, uning o‘sishi va rivojlanishi uchun imkoniyat berishni xohlayman. Terma jamoaga chaqiruv esa uning iste’dodini yanada faollashtiradi”, - deydi Tite.
Ma’lumot uchun, Vinisius joriy mavsum “Real” safida jami 26ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 12ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar