Bu qiziq! Buffon Ronaldu va Messini taqqosladi

  • 23 mart, 2018, 13:25
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” hamda Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Buffon “Real Madrid” xujumchisi Krishtianu Ronaldu hamda “Barselona” yulduzi Lionel Messining o‘yin uslubini taqqosladi.

Tecno

- Bu ikki turli xil futbolchilar. Messi haqida shuni aytishim mukin, bu har tomonlama rivojlangan o‘yinchi. Leoni o‘yinning konstruktori deyishim mumkin, yuqori darajadagi texnika va maydonnig chuqur nuqtalarida harakat qilishi meni lol qoldiradi.

Krishtianu esa jarima maydonida keskin vaziyatlar yaratish bo‘yicha etakchidir. Eslatib o‘tmoqchimanki, oldingi Ronaldudan xozirgi Krishtianuning farqi nimada? Bugun ushbu futbolchi o‘z kuchini tejab sarflaydi, bir fint qilish uchun maydonning bir chekkasidan ikkinchisiga yugurib bormaydi. Biroq uning ustunlik tomoni shundaki, raqib darvozasi oldida har bir vaziyatni golga aylantirishi mumkin, - deya Buffonning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Football Italia nashri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!