Buffon FIFAda rahbarlik lavozimlarida birini egallashi mumkin

  • 16 sentabr, 2017, 17:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” klubi darvozaboni Janluiji Buffon uchun 2017/18 mavsum faoliyatida so‘nggisi bo‘ladi. Shundan so‘ng u Turin klubi, Italiya futbol federatsiyasi yoki FIFAda boshqaruv lavozimlaridan birini egallashi mumkin, deya xabar beradi Tuttosport nashri.

Tecno

Shuningdek, 39 yoshli futbolchiga sobiq jamoadoshi Andrea Pirlo to‘p surayotgan MLSning “Nyu-York Siti” klubi ham qiziqish bildirmoqda.

Agar u “Yuventus”da qolishni istasa, direktorlar uyushmasidan o‘rin egallaydi. Biroq bu hozircha aniq emas. Milliy federatsiya ham terma jamoada unga boshqaruv lavozimlaridan birini berishga tayyor.

FIFA prezidenti Janni Infantino ham darvozabonni futbolni rivojlantirish yo‘lida ushbu tashkilotga taklif qilishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!