
Buffon: Faoliyatimni qachon tugatishimni bilmayman
PSJ jamoasi darvozaboni Janluiji Buffon sportchilik faoliyatini qachon yakunlashi haqida aniq bilmasligini ma’lum qildi.
“So‘nggi yillarda shuni tushunib etdimki, chegara qo‘ymaslik kerak. 32 yoshimda 35 gacha to‘p suraman deb o‘ylagandim. Keyin esa 38 yoshimda to‘xtayman deb qaror qildim. 38 yoshimda esa o‘zimga 40 da to‘xtayman deb aytdim.
Hayot taqazosi bilan hamon futboldaman. Futboldan qachon ketishimni bilmayman: balki 6 oydan keyin, balki 1 yoki 10 yildan keyin. Rostini aytsam buni bilishni ham istamayman. Maydonda, kiyinish xonasidagi hissiyotlarni boshqa hech qaerdan ololmayman.
Bir kun kelib futboldan ketishim kerakligini anglayman va bunga doim tayyor ekanimni ham bilaman”, – dedi italiyalik posbon Football Italia nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar