Buffon: Mbappe “Oltin to‘p”ga munosib

  • 18 oktabr, 2018, 05:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ jamoasi darvozaboni Janluiji Buffonning fikricha, uning klubdoshi Kilian Mbappe “Oltin to‘p” mukofotini qo‘lga kiritishga munosib.

Tecno

“Kilianning texnikasini hamda Jahon chempionatida ko‘rsatgan o‘yinlarini inobatga olsak, u “Oltin to‘p” sovriniga munosib. Bunga hech qanday shubha yo‘q. Italiyada Mbappeni Roberto Bajjio, Alessandro Del Pero va Franchesko Tottiga o‘xtatishadi.

Mening fikrimcha, unda o‘zgacha qobiliyat bor, avval buni hech qaysi futbolchida ko‘rmaganman. Kilian – fenomenal futbolchi. Agar u o‘z ustida ishlashda davom etsa, uzoq vaqt mobaynida yuqori cho‘qqilarda qoladi”, – dedi italiyalik posbon.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!