Buffon faoliyati davomida ko‘rgan eng zo‘r pleymeyker kimligini aytdi

  • 31 mart, 2018, 16:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi darvozaboni Janluiji Buffon futbolchilik faoliyatida ko‘rgan eng zo‘r pleymeyker kimligini aytdi.

Tecno

“Men bilan o‘ynagan eng zo‘r futbolchi? Bu savolga javob berish judayam qiyin. Chunki, men qariyb 23 yildan buyon maydondaman va bu davr orasida men ko‘plab kuchli futbolchilar bilan uchrashdim, fantastik jamoalarda to‘p surdim. Shu bois bu borada kimnidir unutib qo‘yishim mumkin.  Men hech qachon yodimdan chiqmaydigan faqat bir futbolchi bor. U ham bo‘lsa Zinedin Zidan. U eng zo‘r pleymeyker edi. Afsuski, menga u bilan o‘ynash nasib qilmadi. Chunki, men “Yuve”ga kelganimda u jamoadan ketgan edi. Biz xalqaro o‘yinlarda turli hil jamoalarda ko‘p marotaba bir-birimizga qarshi o‘ynadik. Ammo, biror marta ham bir jamoada to‘p sura olmadik”, - deydi italiyalik posbon.

Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” UEFA Chempionlar ligasining chorak final bosqichida aynan Zidan boshchiligidagi “Real” ga qarshi kurash olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!