Buffon faoliyatidagi 600-g‘alabasini qo‘lga kiritdi

  • 27 fevral, 2019, 18:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ klubi darvozaboni Janluiji Buffon kecha “Dijon”ga (3:0) qarshi o‘yinda maydonga tushdi va faoliyatidagi 600-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.

Ma’lumot uchun, 41 yoshli darvozabon o‘zining professional futboldagi ilk uchrashuvini 1995 yilda o‘tkazgan. Shundan buyon turli jamoalarda jami 1071ta o‘yinda ishtirok etdi va 600ta g‘alabani qo‘lga kiritdi ("Parma" 168, "Yuventus" 509, Italiya 176, PSJ 19).

Eslatib o‘tamiz, Buffonning PSJ bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi. Biroq, tomonlar ushbu kelishuvni yana bir mavsumga uzaytirish huquqiga ega.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!