
Bugun Evro-2024 mezboni e’lon qilinadi. Da’vogarlar: Germaniya va Turkiya
Bugun UEFA ijroqo‘mi 2024 yilgi Evropa chempionati musobaqasiga mezbonlik qiluvchi mamlakat nomini e’lon qiladi.
Da’vogarlar orasida Germaniya va Turkiya bor. Ta’kidlash kerakki, nemislar bungacha o‘z maydonlarida 3ta yirik futbol musobaqasiga mezbonlik qilishgan. 2ta jahon chempionati va 1ta Evropa chempionati shular jumlasidandir. Biroq, turklar bu borada maqtana olishmaydi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda Evro-2024 mezboni bugun Toshkent vaqti bilan soat 18:00 atrofida e’lon qilinadi.
Fikrlar