Bugun "Lokomotiv"ning OChL-2018 guruh bosqichidagi 3-raqibi aniqlanadi

  • 30 yanvar, 2018, 16:35
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun qit’amizda Osiyo Chempionlar Ligasi-2018 mavsumining pley-off bahslari bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuvlarning biri Eronning Isfaxon shahrida "Fuladshehr" stadionida bo‘lib o‘tadi. Unda Eronning "Zob ahan" jamoasi Hindiston chempioni – "Aizavl"ga qarshi bahs yuritadi. Mazkur o‘yin bizning vaqt bilan 18:30da start oladi.

Ta’kidlash joizki, "Zob ahan" ayni paytda Eron chempionatida 35 ochko jamg‘argancha 3-pog‘onada bormoqda. Jamoa mazkur o‘yin oldidan o‘z chempionatida "Istiqlol Huziston"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Joriy yilgi mavsumni u qadar omadli o‘tkaza olmayotgan hindistonliklar esa o‘z chempionati doirasida "Mohun Bagan" bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Jamoa hisobida 15 ochko mavjud va u o‘z chempionatida 6-o‘rinda bormoqda.

Mazkur ikki jamoa qarama-qarshiligida g‘olib chiqqan klub OChL-2018 "B" guruhidan o‘rin oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!