
Bugun OFK Ijroqo‘mining yig‘ilishi Toshkentdagi “International” mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi
Shu munosabat bilan 24-25 sentyabr kunlari FIFA hamda OFKning martabali mehmonlari, xususan OFK Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa hamda Bosh kotib Dato Vindsor Jon boshchiligidagi delegatsiya a’zolari poytaxtimizga tashrif buyurishgani haqida xabar bergan edik.
Bugun poytaxtimiz o‘zbek futboli tarixida birinchi marotaba bunday tadbirga mezbonlik qilmoqda. OFK Ijroqo‘mining navbatdagi yig‘ilishi aynan yurtimizda o‘tkazilishi, OFK hamda O‘FA o‘rtasidagi aloqalar mustahkamligi yo‘lida navbatdagi qadam vazifasini o‘tab berishi shubhasiz.
OFK Ijroqo‘mining yig‘ilishi Toshkent shahridagi “International” mehmonxonasida bugun soat 15:00 da boshlanadi.
Fikrlar